Biznes egasi
Qoidalarni siz belgilaysiz
- Keshbek foizi va muddatini o'zingiz tanlaysiz
- 20 tagacha shtamp karta, har biriga o'z sovg'asi
- Tushum va qaytgan mijozlarni ko'rib turasiz
- Filial va xodimlarni bitta paneldan boshqarasiz
Nafly — keshbek va raqamli shtamp kartalar uchun tayyor tizim. Mijozlar Telegram orqali qo'shiladi, ilova o'rnatish shart emas. Siz esa har bir xaridni panelda ko'rasiz.
Xaridingiz tasdiqlandi!
Baraka do'koni · Chilonzor Xarid: 45 500 so'm
Keshbek to'plandi: +2 275 so'm Kofe kartasi: +1 shtamp
Rahmat! Sizni yana kutib qolamiz
Yangi mijoz topish qimmat. Borini qaytarish arzonroq — faqat bunga qulay vosita kerak.
Qog'oz kartalar yo'qoladi.
Raqamli shtamp karta mijozning Telegram'ida turadi — yo'qolmaydi, unutilmaydi.
Kim qaytib kelayotganini bilmaysiz.
Panelda takroriy mijozlar ulushi, yangi va qaytgan mijozlar tushumi, o'rtacha chek ko'rinadi.
Hech kim yangi ilova o'rnatgisi kelmaydi.
Telegram hamma telefonda bor. QR kodni skanerlash va bitta tugma — tamom.
Kassadagi QR kod Nafly Telegram botini ochadi. Mijoz raqamini bitta tugma bilan ulashadi.
Mijoz botdan so'rov yuboradi yoki kassir uni telefon raqami bo'yicha topadi. Summani kiritadi — keshbek va shtampni tizim o'zi hisoblaydi.
Telegram'ga darhol xabar keladi: qancha keshbek to'plandi, nechta shtamp qo'shildi. Keyingi safar keshbek bilan to'laydi yoki sovg'asini oladi.
Har kim faqat o'ziga keragini ko'radi — ortiqcha narsa yo'q.
Qoidalarni siz belgilaysiz
Hammasi bitta ekranda
Ilova o'rnatish shart emas
Bitta filialli kafe va do'konlar uchun
149 000so'm/oy
Bir nechta filialli bizneslar uchun
299 000so'm/oy
Katta tarmoqlar uchun, 10 tagacha filial
549 000so'm/oy
Sinov tavsiya etilgan tarifda boshlanadi. Tarifni keyin panelda tanlaysiz.
Yo'q. Mijoz kassadagi QR kodni skanerlaydi va Telegram'dagi Nafly botida raqamini ulashadi. Shuning o'zi yetarli.
Foizni o'zingiz belgilaysiz, masalan 5%. Mijoz keshbekni faqat sizda, keyingi xaridda ishlatadi. Xohlasangiz, amal qilish muddatini ham belgilaysiz.
Qog'oz muhrli kartaning raqamli ko'rinishi: masalan, 5 ta shtamp yig'gan mijoz sovg'a oladi. 20 tagacha karta ochishingiz mumkin, har biriga o'z sovg'asi.
Bitta biznesda kuniga 5 martagacha. Limit har bir biznesda alohida hisoblanadi: boshqa joydagi xaridlar sizdagi limitni kamaytirmaydi.
Ro'yxatdan o'tishingiz bilan 14 kun bepul ishlaysiz. Muddat tugasa panel yopiladi, lekin ma'lumotlaringiz o'chmaydi: to'lovdan keyin hammasi joyida bo'ladi.
Karta yoki Payme orqali. To'lov tasdiqlangach, obunangiz darhol uzaytiriladi.
Ha. Yangi tarif shu kundan boshlanadi, eskisining qolgan kunlari kuyadi. Shu tarifni uzaytirsangiz, kunlar joriy muddatga qo'shiladi.
Filial, xodim va mijozlar soni bilan, ba'zilarida onlayn menyu ham bor. Hammasi tarif kartalarida yozilgan.
Yo'q. Panelda har bir filial uchun logotip va ranglarni tanlaysiz, bannerni PNG yoki PDF qilib yuklab olasiz va chop etasiz.
Telegram'da yozing yoki qo'ng'iroq qiling. Ishga tushirishda ham yordam beramiz. Yoki pastdagi formani to'ldiring — o'zimiz qo'ng'iroq qilamiz.
Tarifni tanlang, keshbek yoki shtamp kartani sozlang va QR bannerni kassaga qo'ying. Dasturchi kerak emas.
Bepul boshlash Savolingiz bormi? YozingIsm va raqamingizni qoldiring — o'zimiz qo'ng'iroq qilib, hammasini tushuntiramiz.
Tez orada siz bilan bog'lanamiz.